Germaniyaning Xanau shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Der Spiegel xabar berdi.
Bild nashrining yozishicha, yana besh kishi jiddiy jarohat olgan.
https://twitter.com/ElsaesserKevin/status/1230268496312983552
Hessenschau mintaqaviy nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyachilar ikkita chilimxonaga bostirib kirib, u yerdagilarga qarata o‘t ochgan. Birinchi maskanda uch kishi otib o‘ldirgan jinoyatchilar, keyingi chilimxonaga borib besh kishini otib tashlagan. Hozirda politsiya ularni qidirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Xanauda uchinchi hujum ham amalga oshirilgan. Politsiya voqea joyiga yetib kelgan, biroq otishma haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlamagan.
Izoh (0)