• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini tashish tartibi tasdiqlandi

    Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qayd etilishicha:

    a) “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” 1999-yil 19-avgustdagi qonunga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;

    b) Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi farmoniga binoan ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomalar berilishi bekor qilingan;

    v) Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi qarori bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan;

    g) Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya olish uchun ular tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining obyektning texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etiladi.

    Quyidagilar:

    • Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizom;
    • O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
    • O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlardan iborat yuklarning yuk jo‘natuvchisi va yukni qabul qilib oluvchisi faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
    • Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni avtomobil, shuningdek, qo‘l yuki bilan havo va temir yo‘l yo‘lovchi transportida tashish giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi)ning vakili — mas’ul shaxsning majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
    • Yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni havo kemasining yuk-bagaj bo‘limlari va temir yo‘l yuk vagonlari bilan (qo‘l yuki sifatida emas) tashish mas’ul shaxs kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin.
    • Yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish ushbu maqsadlarga ajratiladigan maxsus yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi) xodimlarining qo‘riqlovida amalga oshirilishi mumkin.
    • Tashish uchun mas’ul shaxs, qo‘riqlash xodimlari, shuningdek, tashishni amalga oshiruvchi xodimlar, avtotransport vositalarning haydovchilari (avtomobil transportida tashishda) yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
    • Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda yo‘lda bo‘lish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda ikki nafar tashish uchun mas’ul shaxs, ikki nafar qo‘riqlash xodimi, shuningdek, har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi (avtomobil transportida tashishda) ajratilishi tavsiya etiladi.
    • Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda tashish uchun mas’ul shaxsning yonida yuk jo‘natuvchi yuridik shaxs rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan tashilayotgan yuklarning tovar-transport yukxati bo‘lishi kerak.
    Tashish uchun mas’ul shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
    • qo‘riqlash va kuzatuvni amalga oshirayotgan xodimlarga, avtotransport vositalari haydovchilariga (avtomobil transportida tashishda) giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni ortish, tashish va tushirishda tashish qoidalari, yukning tavsifi hamda shaxsiy, jamoat va ekologik xavfsizlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnoma berish;
    • yuk olinadigan joylarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘ri qadoqlanganligini va ularning markirovkasini, tamg‘alarning butligini tashqi tomondan ko‘zdan kechirish va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni qabul qilish;
    • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar ortilishini, mahkamlanishini va tushirilishini kuzatish;
    • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar jo‘natish joyidan yetkazish joyigacha kuzatib borilishini va qo‘riqlanishini ta’minlash, tashish yo‘nalishiga qat’iy rioya qilish;
    • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar jo‘natish joyidan yetkazish joyigacha tashish chog‘ida, shuningdek, transport vositalarining to‘xtab turishi davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
    • qo‘riqlash va tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligini, shuningdek, jamoat, ekologik xavfsizlik va giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning butligini ta’minlash choralariga rioya qilinishi yuzasidan xatti-harakatlariga rahbarlik qilish;
    • belgilangan joyga kelgandan keyin giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish.
    • Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni shahar yo‘lovchilar transportida qo‘l yuki sifatida, shuningdek, avtomobil transportida shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    17.02.2020, 13:34   Izoh (0)   17613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi hafta pastladi

    17.02.2020, 13:08

    Toshkent viloyatida 501 mln so‘mlik tovarlarning o‘zlashtirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    17.02.2020, 13:02

    Yer uchastkalari va bino-inshootlarning bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash instituti joriy etiladi

    17.02.2020, 11:34

    Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ishlashi uchun ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

    17.02.2020, 11:06

    “Amirsoy” dam olish maskanida bir fuqaro to‘satdan vafot etdi

    17.02.2020, 10:44

    Buxorodagi karantin tadbirlari davomida sifatsiz go‘sht va sut mahsulotlari to‘xtatib qolindi

    17.02.2020, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.