16-fevral kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida 34 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan I.A. ismli fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaroning vafot etishiga yurak xastaligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 21-dekabrida foydalanishga topshirilgan “Amirsoy” kurortida ushbu fojia ikkinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning yanvar oyi boshlarida ham bir chang‘ichi yo‘qolib qolgan edi, qidiruv ishlari natijasida u chang‘i trassasidan tashqarida o‘lik holda topilgandi.
Izoh (0)