Avval xabar berilganidek, Pastdarg‘om tumani Charxin shaharchasidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga 20 yashar qiz tushib ketgan, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti talabalari Ro‘zimurod Mardonov va Sarvar Muhammadiyev esa uni qutqarib qolgandi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Talabalarning harakatlari nafaqat qutqarilgan qizning ota-onasi, balki Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ham yuksak baholandi.

8-fevral, shanba kuni, Samarqand Iqtisodiyot va servis institutida Samarqand viloyati FVB tomonidan ko‘rsatgan jasorati uchun Ro‘zimurod Mardonov va Sarvar Muhammadiyevga tashakkurnoma topshirildi.