Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi arafasida Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan “Rahmat senga qadrdon maktabim!” shiori ostida kitob aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda DXX Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilgan.
DXX harbiy xizmatchilari sevimli asarlari sirasiga kiruvchi 25 mingdan ortiq adabiyotlarni xarid qilib, joriy yilning 5—8-fevral kunlari respublikaning 200 ga yaqin umumta’lim maktablariga topshirdi.
Maktablar kutubxonasidan joy olgan 100 dan ortiq nomdagi jahon adabiyotiga taalluqli bo‘lgan asarlar va 135 ta mumtoz adabiyot namunasi, jumladan, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Yulian Semyonovning “Bahorning o‘n yetti lahzasi” nomli kitoblari o‘quvchilarning o‘z bilimi va dunyoqarashini oshirish uchun xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)