“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Andijon—Ufa—Andijon xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi 8-fevral, shanba kuni, soat 20:15 da boshlandi.
Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashi mumkin.
Chiptalarni joylardagi chiptaxonalardan xarid qilish mumkin yoki elektron tarzda “e-ticket@railway.uz” sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)