Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning L’Équipe nashri Yevropa kuchli beshlik ligalarining eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

Unga ko‘ra, eng yuqori maosh “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga to‘lanadi. Argentinalik futbolchi oyiga 8,3 million yevro maosh oladi.

Ikkinchi o‘rinni 4,5 million oylik maosh bilan “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu egallagan. PSJ hujumchisi Neymar esa 3 million bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Yevropa kuchli beshlik ligalarida eng yuqori maosh oladigan futbolchilar:

  1. Lionel Messi (“Barselona”) — 8,3 million yevro (oyiga)
  2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) — 4,5
  3. Neymar (PSJ) — 3,0
  4. Antuan Grizmann (“Barselona”) — 2,9
  5. Luis Suares (“Barselona”) — 2,9
  6. Garet Beyl (“Real”) — 2,5
  7. Eden Azar (“Real”) — 2,5
  8. Kilian Mbappe (PSJ) — 1,8
Angliya chempionatining eng yuqori maosh oladigan futbolchisi “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea hisoblanadi. Uning maoshi oyiga 1,76 million yevroni tashkil etadi.

Bundesligada esa “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va “Barselona”dan ijaraga olingan Filippe Koutinyo eng ko‘p maosh oladi — 1,66 million yevro.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi