AQSh Senati prezident Donald Trampni impichment ishida oqladi. CNN’ning xabar berishicha, prezident o‘z vakolatini suiiste’mol qilish, kongress ishiga xalaqit berish da’volari bo‘yicha aybsiz deb topilgan.

Foto: Reuters

Prezident o‘z vakolatini suiiste’mol qilganligi to‘g‘risidagi ayblovga 48 kishi ovoz bergan — 47 nafari Demokratlar partiyasi vakillari va respublikachi Mitt Romni. Ikkinchi punkt bo‘yicha ayblovni esa 47 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan. Trampni hokimiyatdan chetlatish uchun esa kamida 67 ta ovoz kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, mojaro Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Hanter Bayden ishi bo‘yicha hamkasbiga bosim o‘tkazishi natijasida boshlangandi.