Turkiya Suriya bilan chegarada qo‘shimcha zirhli transport vositalari va askarlarni joylashtirdi, deb xabar bermoqda “Kommersant” News Turkey’ga tayanib. Tanklar Xatay viloyatiga joylashtirilgan.
“Turkiya Idlibda gumanitar falokatning oldini olish va mintaqada barqarorlikni saqlash uchun diplomatik yoki harbiy jihatdan zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshiradi”, — degan Turkiya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Ahmet Berat Konkar.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on agar yaqin kunlarda deeskalatsiya hududidagi vaziyat barqarorlashmasa, mamlakat Suriyaning shimolidagi Idlib viloyatida harbiy operatsiya boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Prezident hozirda Turkiyada 3,6 milliondan ortiq suriyalik qochqinlar borligini eslatib, mamlakat yangi muhojirlar oqimini qabul qila olmasligini ta’kidlagan.
Izoh (0)