Xitoyning Uxan shahri o‘chog‘i bo‘lgan yangi koronavirus ilk bor Buyuk Britaniyada ikki kishida aniqlandi. Bu haqda Angliya bosh vrachi Kris Uitti ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Shu tariqa Buyuk Britaniya Yevropadagi virus aniqlangan beshinchi davlat bo‘ldi.
Uittining aytishicha, bemorlar bir oila a’zolari, ularga Milliy sog‘liqni saqlash xizmatidan maxsus ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Bemorlar xorijga sayohat qilgan mahalliy aholi vakillari yoki mamlakatga kelgan sayyohlar ekanligiga aniqlik kiritilmagan. Hozirda bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ham aniqlanmoqda.
Izoh (0)