Madaniyat vazirligiga san’atkor odamning bosh bo‘lgani yaxshi. Bu haqda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Sherali Jo‘rayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlanishi — ma’qul ish.

Madaniyat vaziri san’atkor bo‘lgani ma’qul. Ozodbekning vazir bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki u san’atkorning qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan. San’atkorlarga boshchilik qilish — og‘ir.

Har bir san’atkor bir respublikaga o‘xshaydi. Ularning barini boshqarish og‘ir, qiyin, lekin Ozodbek boshqara oladi, u ko‘p narsani ko‘rgan, hammasini boshidan o‘tkazgan. Ozodbekka muvafaqqiyat tilayman.

Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti

Ozodbek Nazarbekov 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimiga ma’qullangan, 24-yanvar kuni esa Prezident tomonidan tasdiqlangan edi. U bungacha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi.

Avvalgi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Prezident tomonidan yangi shakllantirilgan Senatning a’zosi etib tayinlandi — u endi parlament yuqori palatasida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga raislik qiladi.