• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident 13 senatorni tayinladi: ular orasida madaniyat vaziri bor, ammo Rustam Inoyatov yo‘q

    O‘zbekiston Konstitutsiyasining 77-moddasida Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanishi belgilangan.

    Xalqaro press-klubning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmon bilan 13 nafar senator tayinlangan. E’tiborli tomoni, ulardan ikki nafari hukumat a’zosi, yana ikki nafari esa Prezident administratsiyasi vakili. Tayinlangan 13 nafar senator ro‘yxati quyidagicha:

    • Shavkat Ayupov — Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori;
    • Elmira Bositxonova — bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
    • Qudratulla Rafiqov — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
    • Mirakbar Rahmonqulov — Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari;
    • Sirojiddin Sayyid — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;
    • Baxtiyor Sayfullayev — madaniyat vaziri — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori;
    • Quvondiq Sanaqulov — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori;
    • Sodiq Safoyev — Senat raisining birinchi o‘rinbosari;
    • Alisher Sa’dullayev — Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;
    • Sodiqjon Turdiyev — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
    • Minhojiddin Hojimatov — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari;
    • Tursinxon Xudoybergenov — Prezidenti maslahatchisi;
    • Behzod Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.
    Senatning avvalgi tarkibida bo‘lgan tayinlangan senatorlardan faqat Elmira Bositxonova, Mirakbar Rahmonqulov, Quvondiq Sanaqulov va Sodiq Safoyev qayta tayinlangan. Avvalgi tarkibda tayinlanganlar qatorida bo‘lgan Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova va Senat raisi Tanzila Norboyeva bu safar mos ravishda Samarqand viloyati va Toshkent shahar kengashlaridan parlament yuqori palatasiga saylandi.

    Avvalgi tarkibda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan Iqbol Mirzo 2019-yilgi parlament saylovlarida Qonunchilik palatasiga saylandi. 17-yanvar holatiga ko‘ra, Aysenam Alliyarova, Mahamadjon Zufarov, Rustam Inoyatov, Xolidjon Komilov, Qahramon Quronboyev, Valeriy Tyan va Aleksandr Farmanovning parlamentdagi faoliyati tugadi — ular Senatning avvalgi tarkibida tayinlangan senatorlar sifatida faoliyat olib borgan edi.

    Mavzuga doir: Inoyatovni kuldirayotgan Quronboyev, charchagan Ortiqxo‘jayev, xayolga berilgan Shodmonov. Senatning 24-yalpi majlisidan fotoreportaj

    Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, hukumat a’zolarining senator etib tayinlanishi biroz g‘alati ko‘ringani bilan, aslida yangilik emas, ammo yangi Senat a’zolari qatorida, masalan, madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning bo‘lishi uning yangi hukumat tarkibidan chiqarilishini, madaniyat vaziri o‘zgarishini anglatishi ham mumkin. Senatning qolgan uch a’zosi qachon tayinlanishi esa hozircha noma’lum.

    Avvalroq, 17-yanvar kuni O‘zbekistonning 14 ta hududidan olti nafardan senator saylangani haqida xabar berilgan edi. Yangilangan Senatning ilk majlisi 20-yanvarga belgilangan.

    Mavzuga doir: 12 ta viloyatdan saylangan senatorlar ro‘yxati e’lon qilindi

    17.01.2020, 23:02   Izoh (0)   88387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “xo‘rozlar jangi” uchun arena tashkil qilgan shaxs qamoqqa olindi

    17.01.2020, 22:52

    Zarafshonlik erkak haqorat sababli o‘z tanishini yoqib yubordi

    17.01.2020, 22:34

    Angrenda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

    17.01.2020, 21:50

    Qashqadaryoda Mahalla jamoat fondi mansabdori YPX xodimi talabini bajarmagani uchun javobgarlikka tortildi

    17.01.2020, 20:56

    G‘ijduvonda elektr uzilishlari ko‘paydi. “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimining aytishicha bunga viloyat hokimligi tasdiqlab bergan jadval sabab bo‘lyapt...

    17.01.2020, 20:42

    Narimon Grigoryanni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs qamoqqa olindi

    17.01.2020, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.