Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida 22-yanvar, chorshanba kuni bir qancha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Kike Setyen qo‘l ostiga o‘tgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ibitsa” maydoniga safar qildi.
Bellashuvning 9-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Pep Kabalye hisobni ochgan bo‘lsa, 72 va 90+4-daqiqalarda “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Antuan Grizmann ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Natijada o‘yin 2:1 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Shu kuni Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi mehmonda “Unionistas”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida “Qirollik klubi” hujumchisi Garet Beyl jamaosini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib mezbon jamoa yarim himoyachisi Alvaro Romero hisobni tenglashtirdi. 62-daqiqa “Unionistas” himoyachisi Xuan Gongora o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:2). 90+2-daqiqada esa Braim Dias Madrid klubining g‘alabasini mustahkamladi.
Shu tariqa “Real” safarda kechgan bahsda “Unionistas”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya Kubogining nimchorak finaliga yo‘l oldi.
Ispaniya Kubogi
1/16 final bahslari
22-yanvar, chorshanba
“Ibitsa”—“Barselona” 1:2
Gollar: 1:0 — 9 Kabalye, 1:1 — 72 Grizmann, 1:2 — 90+4 Grizmann“Unionistas”—“Real” 1:3
Gollar: 0:1 — 18 Beyl, 1:1 — 57 Romero, 1:2 — 62, avtogol Gongora, 1:3 — 90+2 Braim DiasYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)