Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda arzon narxda yer olib berishni va’da qilib fuqaroning 20 ming dollarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

11-yanvar kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2018-yilning 25-avgust kunidan 29-avgustga qadar 23 yoshli J.M. 35 yoshli D.R.ning ishonchiga kirib, unga Mirobod tumanidagi 0,3 sotix yer maydonini arzon narxga sotib olib, rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Shu bahona bilan u D.R.dan 20 ming dollar olgan, ammo o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?