Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Kongressi Senati prezident Donald Trampning impichmenti jarayoni qoidalarini tasdiqadi, deb xabar bermoqda “Kommersant” CNN’ga tayanib. Taklif etilgan qoidalarni 53 nafar senator ma’qullagan, 47 nafari qarshi chiqqan.

Foto: EFE

Foto: EFE

Rezolyutsiyaga muvofiq, kongressmenlar 22-yanvar tongiga qadar impichment uchun zarur hujatlarni taqdim etishlari lozim bo‘lgan. Prezident tarafdorlarida ularga javob berish uchun 2 soat vaqt beriladi.

Keyingi bosqich debat bo‘lib, unda ishtirokchilar guvohlarni jarayonga chaqirishlari, shuningdek, ish bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar talab etishlari mumkin. Shundan so‘ng tomonlar senatorlar savollariga javob beradi. Agar guvohlar chaqirilmasa, Kongress ayblov moddasi bo‘yicha ovoz beradi.

AQSh Senati Trampning impichmentiga oid ishni ko‘rib chiqishni 16-yanvar, payshanba kuni rasman boshlagan edi. Senatda aksariyat o‘rinni (100 tadan 53 tasini) respublikachilar egallagan. Shu sababli Oq uy prezident oqlanishiga ishonmoqda. Trampning o‘zi esa ish bo‘yisha eshittiruv tezroq yakunlanishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mojaro Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Hanter Bayden ishi bo‘yicha hamkasbiga bosim o‘tkazishi natijasida boshlangandi. Trampning yuristlari impichmentni AQShdagi bo‘lajak prezidentlik saylovlariga aralashish sifatida baholagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?