Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 18-turi doirasida 18-yanvar, shanba kuni 5 ta bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonda “Augsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Florian Niderlexner (34, 55) hamda Marko Rixter (46) Roman Byurki qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “arilar”ning gollariga Yulian Brandt (49), Jeydon Sancho (61) va Erling Holand (59, 70, 79) mualliflik qildi.
Shu tariqa Dortmund klubi safarda kechgan bahsda “Augsburg”ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Borussiya Dortmund” mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 33 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Augsburg” esa 23 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga
18-tur bahslari
18-yanvar, shanba
“Hoffenhaym”—“Ayntraxt” 1:2
Gollar: 0:1 — 18 Dost, 1:1 — 48 Stafilidis, 1:2 — 62 Chendler“Fortuna D”—“Verder” 0:1
Gol: 0:1 — 66, avtogol Kastenmayer“Mayns”—“Frayburg” 1:2
Gollar: 0:1 — 28 Kvon Chxan Xun, 0:2 — 41 Petersen, 1:2 — 82 Mateta“Augsburg”—“Borussiya D” 3:5
Gollar: 1:0 — 34 Niderlexner, 2:0 — 45 Rixter, 2:1 — 49 Brandt, 3:1 — 55 Niderlexner, 3:2 — 59 Holand, 3:3 — 61 Sancho, 3:4 — Holand, 3:5 — 79 Holand“Kyoln”—“Volfsburg” 3:1
Gollar: 1:0 — 22 Kordoba, 2:0 — 45 Kordoba, 3:0 — 62 Xektor, 3:1 — 66 ShteffenYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)