Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining D guruhi vakillari 16-yanvar, payshanba kuni 3-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Guruh peshqadamlari Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Zoyid al-Amiri amirliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 79-daqiqada Ihab al-Xavaldeh muvozanatni tikladi.
Vyetnam esa kutilmaganda guruh autsayderi KXDRga yutqazib qo‘ydi. 26-daqiqada Nguyen Tien Lin sharqiy osiyoliklarning ilk golini urdi. Biroq bunga koreyaliklar 27 va 89-daqiqalarda javob qaytarishga erishdi.
Shu tariqa guruhda BAA va Iordaniya 5 ochkodan to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Iordaniyani qo‘shimcha ko‘rsatkichlarda ortda qoldirib, peshqadamlikni qo‘lga kiritgan BAA chorak finalda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. 2018-yilgi musobaqada O‘zbekiston U23 terma jamoasi bilan finalda o‘ynagan Vyetnam esa guruhda qolib ketdi
U23 OCh—2020
3-tur bahslari
16-yanvar, payshanba
D guruhi
Iordaniya — BAA 1:1
Gollar: 0:1 — 42 Zoyid al-Amiri, 1:1 — 42 Ihab al-XavaldehVyetnam — KXDR 1:2
Gollar: 1:0 — 16 Nguyen Tien Lin, 1:1 — 27 Bui Tien Dung, 1:2 — 89, penalti Ri Chun KyuYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)