“Benfika” yarim himoyachisi Jedson Fernandesh faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi. Bu haqda “shporlar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: “Tottenhem” matbuot xizmati

Londonliklar klubi 21 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan 18 oyga ijaraga olgan. Futbolchi yangi jamoasida 30-raqam ostida harakat qiladi.

Avvalroq “Tottenhem” portugaliyalik futbolchini 60 million yevroga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jedsonga shuningdek, “Vest Hem”, “Vulverhemton”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi jamoalardan qiziqish bor edi.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida yettita o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!