Taniqli tadbirkor Murod Nazarov 39-Qozirobod saylov okrugidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi. Aslida esa, u xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasidan so‘ng “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, uning deputatlikka saylanish niyati bo‘lmagan.
Deputat sifatida tadbirkorlarga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni yechishga ham harakat qilamiz. Xalqni ichidagi muammolarni o‘rganib, keyin ko‘rib chiqamiz. Aslida deputat bo‘laman deganim ham yo‘q edi.“Deputat bo‘lmasang bo‘lmaydi, xalqqa yaqin, tadbirkorlarning ichidagi odamsan, kuching bor, aniq muammoni olib chiqa olasan” deb, iltimos qilib chaqirishdi. Keyin nomzodimni qo‘ydim. Saylovoldi jarayonlarida ham qo‘ldan kelgan yordamni beraman deb aytganman.
Murod Nazarov, tadbirkor, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati
Izoh (0)