Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 22-turi doirasida 13-yanvar, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” mehmonda “Aston Villa”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “shaharliklar” a’zolari Riyad Mahrez (18, 24), Serxio Aguro (28, 57, 81) hamda Gabriel Jezus (45) tomonidan urilgan gollarga mezbon jamoa Anvar al-G‘oziy (90, penalti)ning goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Siti” safarda kechgan bahsda “Aston Villa”ni yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “mankunianlar” ochkolari sonini 47 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Aston Villa” esa 21 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.
APL
22-tur bahslari
“Bornmut”—“Uotford” 0:3
Gollar: 0:1 — 42 Dukure, 0:2 — 65 Dini, 0:3 — 90 Pereyra“Aston Villa”—“Manchester Siti” 1:6
Gollar: 0:1 — 18 Mahrez, 0:2 — 24 Mahrez, 0:3 — 28 Aguero, 0:4 — 45 Gabriel Jezus, 0:5 — 57 Aguero, 0:6 — 81 Aguero, 1:6 — 90, penalti Al-G‘oziyYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)