“Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kualyarella Italiya A Seriyasi doirasida “Breshia”ga qarshi kechgan bahsda (5:1) dubl muallifiga aylandi.

Foto: Opta

Bu 36 yoshli futbolchi uchun 2020-yildagi ilk gollar bo‘ldi.

Kualyarella Italiya chempionatida ketma-ket 16 yildan buyon gol urib kelmoqda. Bu ayni damda harakat qilayotgan futbolchilar orasida musobaqa rekordi hisoblanadi.

Joriy mavsumda futbolchi A Seriyaning 16 o‘yinida beshta gol urdi. 2018/19-yilgi mavsumda esa Kualyarella 26 ta to‘p kiritgan holda liga to‘purariga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!