Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyalik futbolchi Kadzuyoshi Miura yana bir mavsum futbol o‘ynashi aniq bo‘ldi.

Foto: “Yokogama” matbuot xizmati

Foto: “Yokogama” matbuot xizmati

Fevralda 53 yoshni qarshilaydigan Miura “Yokogama” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Navbatdagi mavsum uning uchun faoliyatidagi 35-si bo‘ladi. Bu esa rekord hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Miura 2007-yildan beri ilk bor Yaponiya oliy divizionida to‘p tepadi. “Yokogama” mavsum yakunlariga ko‘ra, yuqori divizionga yo‘l oldi.

Miura professional futbolchilik faoliyatini 1989-yilda boshlagan. U hozir dunyodagi eng yoshi katta professional futbolchi hisoblanadi.

Kadzuyoshi 1994-yil ijara asosida Italiyaning “Jenoa” sharafini himoya qilgan. Natijada A Seriyada o‘ynagan yaponiyalik ilk futbolchi bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)