Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 2020-yil 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra, 6-Cho‘ponota saylov okrugidan nomzod Obidjon Latipov deputat etib saylandi, deb xabar beradi “Sof.uz”.

Foto: “Sof.uz”

Foto: “Sof.uz”

“Shox Med Center” xususiy klinikalar tarmog‘i bosh menejeri, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi Obidjon Latipov 2-turda raqibi O‘zLiDep vakili Mahmudjon Ortiqovni 36 ta ovoz farqi bilan yengdi (Obidjon Latipov — 785 ovoz, Mahmudjon Ortiqov — 749 ovoz).

Obidjon Latipov bloger sifatida ijtimoiy tarmoqlarda ham mashhur bo‘lib, Facebook tarmog‘ida saylovoldi targ‘ibotini eng keng yoritgan nomzoddir, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)