Rossiya prezidenti Vladimir Putin 31-dekabr kuni Ukraina yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
Suhbat Ukraina tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Zelenskiy va Putin gaz tranziti bo‘yicha yangi shartnoma hamda yaqinda Kiyev va Donbass o‘rtasida asirlar almashinuvi muhim ahamiyatga egaligini qayd etib o‘tgan. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari bir-birlarini Yangi yil bilan qutlagan.
Meduza’ning qayd etishicha, Putin ketma-ket olti yildan beri Ukraina prezidentlarini Yangi yil bilan tabriklamayotgan edi. Rossiya prezidenti ukrainalik hamkasbiga so‘nggi bor 2013-yil dekabrida tabrik yo‘llagan — o‘shanda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich edi.