• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning quvonch va tashvishlari. 2019-yilda jahonda ro‘y bergan eng muhim voqealar

    2019-yil siyosiy hayoti mamlakatlar va millatlar taqdirida qanday iz qoldirdi? Siyosiy voqealarning qaysi biri dunyo va insoniyat taqdiriga hal qilivchi voqea bo‘lib tarixda qoldi? “Daryo” tugayotgan yilda jahonda ro‘y bergan eng muhim voqealarni eslaydi.

    1. Jair Bolsonaro – Braziliya prezidenti

    Qaynoq siyosiy hayot Braziliyadan boshlandi desak adashmagan bo‘lamiz. Janubiy Amerikaning eng yirik davlatida “Falastin – mamlakat emas” deya Falastin muxtor avtonomiyasining elchixonasini yopishni va’da qilgan ultrao‘ngchi Jair Bolsanaro Braziliya prezidentligiga saylandi.

    Jair Bolsonaro.

    Jair Bolsonaro.
    Foto: Getty Images

    Donald Tramp siyosati tarafdori saylovda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, o‘zining irqchilik, gomofobiya va gender tenglikka qarshi va’zlari bilan yaxshi tanilgan edi. Demokratik saylovchilar demagoglar nutqlaridan zerikkan shekili, Bolsonaro prezident bo‘lib qoldi. Jair Bolsonaro, shuningdek, ekofaollar orasida Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlar oldini olmagan siyosatchi sifatida ham nom qozondi.

    2. “Xalq xizmatkori” – Ukraina prezidenti

    Yil yakunlariga ko‘ra Ukrainada “Yil siyosatchisi” deb topilgan Vladimir Zelenskiy 3-mayda Ukraina markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan saylov natijalariga ko‘ra 73 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, prezident bo‘ldi.

    Zelenskiy jamoasi bilan.

    Zelenskiy jamoasi bilan.
    Foto: Google Photos

    Zelenskiy saylovoldi dasturida e’lon qiliganidek, Donbassdagi nizolarga barham berdi. Normand to‘rtligi – Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina uchrashuvi doirasida asirlar almashinuviga qo‘l urdi.

    3. Venesuelada ikki hokimiyatchilik davri inqirozi

    Maduro va Guaydo.

    Maduro va Guaydo.
    Foto: Google Photos

    Yanvar oyida Venesuelada bo‘lib o‘tgan saylovlarda amaldagi prezident Nikolas Maduroning g‘alabasi muxolifatchi Xuan Guaydo tarafdorlai tomonidan noqonuniy deb topildi. Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi. AQSh boshchiligidagi ko‘plab G‘arb davlatlari Guaydoni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va Venesuela harbiy kuchlari prezident Maduroni himoya qildi. Maduroning samarasiz siyosati natijasida bugungi kunda ham Venesuelada chuqur iqtisodiy inqiroz davom etmoqda.

    4. Kraystchyorchdagi terakt

    Mart oyida butun musulmon dunyosi Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahrida yuz bergan shafqatsiz teraktdan larzaga keldi. 28 yoshli Brenton Xarrison Tarrant Linvuddagi Islom markazi va al-Nur masjididga hujum uyushtirdi. Mazkur hujum natijasida 51 musulmon dini vakillari halok bo‘ldi va 49 nafar inson turli darajadagi jarohatlardan kasalxonaga yotqizildi.

    Terrorchi Tarrant juma namozi payti masjidga hujumlarini Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jonli videodan namoyish qildi. Tarrant mudhish qotillikda o‘zini aybdor deb hisoblamayotgan bo‘lsa-da, unga qarshi yakuniy sud hukmi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

    Hujum natijasida 10 dan ortiq mamlakatdan Yangi Zelandiyaga kelgan musulmon halok bo‘ldi. Mamlakatda motam kuni e’lon qilindi. Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Adern Kraystchyorchdagi motam kunida mamlakatning musulmon jamoasi bilan hamfikr ekanini namoyish etib, boshiga ro‘mol o‘radi.

    Jasinda Adern motamda.

    Jasinda Adern motamda.
    Foto: Getty Images

    5. Parijdagi yong‘in

    Butunjahon YuNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan Notr-Dam-de-Pari soboridagi yong‘in ham ko‘plab insonlar qalbida afsus va o‘kinch hissini uyg‘otdi.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yong‘indan zarar ko‘rgan soborni qayta ta’mirlash uchun mablag‘ yig‘ish borasida milliy kampaniya tashkil qildi.

    Foto: AP

    XII asrga oid me’morchilikning nodir namunasi bo‘lgan sobor ko‘plab asarlarda tilga olinadi. Yong‘in voqealaridan so‘ng Viktor Gyugo qalamiga mansub “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” asari Amazon’ning onlayn kitob savdosi platformasida kutilmagan ajiotajni yuzaga keltirdi. Ko‘plab fransuz metsenatlari soborni rekonstruksiya qilish ishlariga homiylik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

    6. AQShning mulohazasiz qarori

    AQSh Sovet Ittifoqi bilan 1987-yilda “Yaqin va o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni taqiqlash” haqidagi bitimdan rasmiy ravishda bir tomonlama chiqib ketishini e’lon qilgani tinchlikparvar kuchlarning xavotiriga sabab bo‘ldi. Bitim imzolanishi o‘z vaqtida dunyo ahlini Sovuq urush tugagani bilan tinchlantirgan, dunyo ikki qutbli emas, ko‘p qutbli siyosatga tayyor ekanining isboti sifatida baholangan edi.

    Foto: Google Photos

    AQSh hukumati shartnomadan chiqishi Rossiya unga amal qilmayotgani bilan oqlangan bo‘lsa, rus hukumati AQShni Rossiya chegaralarida “Tomagavk” raketa komplekslarini o‘rnatishga urinishda aybladi. Ballistik raketalar uchirilishini taqiqlovchi shartnoma buzilishi yana tinchlik borasida jamoatchilik orasida unutilgan Sovuq urush atamasi qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi.

    7. IShID rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ldirilishi

    Yaqin Sharq mintaqasidagi ko‘plab diniy jamoalar tinchligini buzgan IShID yetakchisi nihoyat oktabr oyida Suriyaning Idlib shahrida o‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida jismonan yo‘q qilindi.

    Idlib viloyatining Baguza nohiyasi AQSh boshchiligidahi xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan bosib olinishi IShIDning oxirgi tayanch nuqtasiga zarba bo‘ldi. Asirga tushishni istamagan Bag‘dodiy o‘zi bilan birga ikki farzandini ham portlatib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. IShID tarafdorlari bu ma’lumot to‘g‘ri ekanini tasdiqladi.

    Al-Bag‘dodiyning o‘limi yuz bergan bo‘lsa-da, Yaqin Sharqda hali tinchlik bo‘lmaydigan ko‘rinadi.

    8. Namoyishlarga to‘lgan oktabr

    2019-yilning oktabr oyi bir qator mamlakatda norozilik namoyishlari yuzaga kelgani bilan esda qolarli bo‘ldi. Xususan, Iroqda amaldagi hukumat iqtisodiy islohotlarni mvaffaqiyatli amalga oshira olmagani va korrupsiya botqog‘iga botib qolgani xalqni ko‘chaga chiqishga majbur qilgan bo‘lsa, Gvineyada prezidentni uchinchi muddatga qayta saylash uchun mavjud konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish istagi xalq noroziligiga sabab bo‘ldi. Ispaniya Kataloniyasida referendum natijasida aksar kataloniyaliklar mamlakat Ispaniyadan ozod bo‘lishini yoqlab ovoz berdi. Ammo Ispaniya hukumati referendum natijasini tan olmadi va kataloniyalik siyosiy faollarni qatag‘on qilishni boshladi. Natijada Kataloniya vitse-prezidenti Oruell Junkeras aholini isyonga tayyorlaganlikda va davlat mulkini sarf etishda kamomadga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, boshqa siyosiy faollar turli muddatga qamoq jazosiga va jarimalarga tortildi.

    Foto: Google Photos

    2018-yildan beri Belgiyada istiqomat qilayotgan Kataloniya generalitetining sobiq rahbari Karles Puchdemon ispan hukumatining qatag‘on siyosatini vahshiylik deb atadi. Katalonlar esa hamon mustaqillik sari intilishda davom etmoqda.

    9. Hurmatini tiklaydigan AQSh

    Nyu-Yorkning sobiq hokimi milliarder Bloomberg axborot agentligi rahbari Maykl Blumberg Demokratik partiyadan nomzodini 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga qo‘yganini e’lon qildi. Maykl Blumberg o‘z chiqishida aynan u prezident Donald Trampni 2020-yildagi saylovda mag‘lub eta olishini bildirdi. Blumberg “Trampni mag‘lub qilish va Amerikani qayta tiklash” saylov kampaniyasi shiori sifatida tanladi.

    Maykl Blumberg.

    Maykl Blumberg.
    Foto: AP

    Maykl Blumberg ayni paytda 53 milliard dollarga yaqin mablag‘ egasi hisoblanib, bu Tramp milliardlaridan 17 barobar ko‘p deganidir. U 2020-yilda saylovda g‘alaba qozonsa, Tramp boy bergan AQSh imijini xalqaro miqyosda ishonchli hamkor sifatida qayta tiklamoqchi. Xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etmoqchi va ayniqsa xalqaro iqlim o‘zgarishlarini nazorat qilish shartnomasida ishtirok etmoqchi. Ko‘ramiz, vaqt oliy hakam deyishadi.

    10. Britaniyani parchalayotgan Brexit

    Angliyada dekabr oyida o‘tkazilgan saylovda konservatorlar partiyasi leyboristlarni mag‘lubiyatga uchratdi. Boris Jonson yetakchiligidagi hukumat Brexit sari qat’iy tarzda harakat qilishini bildirdi. Britaniya parlamentida Brexit’chilarning g‘alaba qilishi natijasida Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish istagini bildirgan siyosiy kuchlarni ikkiga bo‘lib yubordi va hattoki mustaqillikka intilayotgan taraflarni ham harakatga keltirdi.

    Foto: Google Photos

    Iqtisodiyot borasida Brexit funt sterling qiymati valyuta bozorida qadrsizlanishi, Yevropa bozorlariga ingliz mahsulotlari boj orqali kiritilishi, ishchi kuchi erkin harakat qila olmasligi kabi muammolarni keltirib chiqarishi tayin. Bundan tashqari, sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Britaniya sayyohlik biznesida yo‘qotishlarni boshidan kechirishi mumkin. Britaniyaga kelayotgan sayyohlarning 70 foizga yaqini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi ekanligi inobatga olinsa, Brexit Jonsonga qanchaga tushishini taxmin qilish qiyin emas.

    Jahongir Ergashev

    31.12.2019, 08:31   Izoh (0)   54570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonning texnologik startaplari 14,5 milliard dollar investitsiya jalb qildi

    31.12.2019, 07:20

    Donbassda 2 yil ichida ilk marta asirlar almashildi

    31.12.2019, 06:13

    Kim Chen In Shimoliy Koreya xalqining turmush darajasini oshirishga intilishini bildirdi

    30.12.2019, 23:13

    Twitter’dan Trampning ma’lumoti impichment uchun asos bo‘lgan xabar yetkazuvchining ismi keltirilgan retviti yo‘qolib qoldi

    30.12.2019, 22:55

    Bek Air Olmaotadagi aviahalokatga boshqa bir samolyotning izi sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda

    30.12.2019, 22:36

    OAV: Turkiyada taxminan 150 nafar IShID terrorchisi qo‘lga olingan

    30.12.2019, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat xizmatchisining noqonuniy sovg‘a olgani uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 14:50

    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

    Reklama | 23 iyun, 13:53

    AQSH hujumidan oldin Eron boyitilgan uran zaxirasining katta qismini yashirishga ulgurgan — Reuters

    Dunyo | 23 iyun, 14:40

    Xatolik yoki tuzoq? “Kalmar o‘yini”da tomoshabinlarni o‘ylantirgan epizod

    Kino | 23 iyun, 14:32

    FIFA Abduqodir Husanovni e’tirof etdi

    Sport | 23 iyun, 14:32

    AQSHda “Hizbulloh”ga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni ta’qib qilish boshlandi

    Dunyo | 23 iyun, 14:28

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 14:25

    Yaponiyada guruch narxi keskin oshib ketdi

    Dunyo | 23 iyun, 14:04

    Turk aktyori Mehmet Gunsur yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    Kino | 23 iyun, 13:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.