Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 18-turi doirasida 22-dekabr, yakshanba kuni 5 ta bahs bo‘lib o‘tdi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” jamoasi mehmonda “Betis”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida “matraschilar” vakillari Anxel Korrea (58) hamda Alvaro Morata (84) tomonidan urilgan gollarga mezbonlar Mark Bartra (90)ning goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa madridliklar safarda kechgan bahsda “Betis” ustidan 2:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Atletiko” ochkolari sonini 32 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Betis” esa 23 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Shu kuni Zinedin Zidan boshqaruvidagi Madridning boshqa bir klubi “Real” esa “Santyago Bernabeu”da “Atletik Bilbao”ni qabul qildi.
Bellashuvda jamoalar darvozasiga gol urilmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” 37 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Atletik Bilbao” esa 28 ochko to‘plab 7-o‘rindan joy oldi.
La Liga
18-tur bahslari
22-dekabr, yakshanba
“Leganes”—“Espanyol” 2:0
Gollar: 1:0 — 11 Breytueyt, 2:0 — 54 An-Nosiri“Osasuna”—“Real Sosyedad” 3:4
Gollar: 0:1 — 15 Oyarsabal, 0:2 — 18 Portu, 0:3 — 28 Edegor, 1:3 — 45 Aridane, 2:3 — 48 Chimi Avila, 2:4 — 79 Isak, 3:4 — 84 Chimi Avila“Betis”—“Atletiko” 1:2
Gollar: 0:1 — 58 Korrea, 0:2 — 84 Morata, 1:2 — 90 Bartra“Levante”—“Selta” 3:1
Gollar: 0:1 — 12 Aspas, 1:1 — 60 Roxer Marti, 2:1 — 70 Roxer Marti, 3:1 — 90 Mayoral“Real”—“Atletik” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)