Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 18-tur bahslariga 21-dekabr, shanba kuni start berildi.
Freddi Yungberg boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi Liverpulda Dankan Fergyuson qo‘l ostidagi “Everton”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).
Ma’lumot uchun, “to‘pchilar” 23 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 19 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, keyingi turdan “Arsenal”ni “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordam berib kelgan Mikel Arteta bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushadi. Jamoa 37 yoshli Arteta bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Napoli” sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa Mersisayd klubiga ustozlik qiladi. Anchelotti bunga qadar “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Real”, “Bavariya” va boshqa klublarda faoliyat yuritgan.
APL
18-tur bahsi
21-dekabr, shanba
“Everton”—“Arsenal” 0:0
“Everton”: Pikford, Din, Sidibe, Mina, Xolgeyt, Devis, Sigurdsson, Delf (Kin, 72), Ivobi (Tosun, 11; Kin, 80), Risharlison, Kelvert-Lyuin“Arsenal”: Leno, Meytlend-Naylz, David Luiz, Chembers, Jaka, Smit-Rou (Uillok, 66), Nelson, Torreyra, Martinelli, Obameyang (Lyakazett, 78), Saka
Ogohlantirishlar: Saka (28), Devis (45), Sigurdsson (75), Chembers (87), Uillok (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)