O‘zbekistonda biologik xavfsizlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.
Shuningdek, “Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qayd etilishicha, Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF–5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha mo‘ljallangan atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 – 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandida belgilangan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;
- biologik xavfsizlikni kuchaytirish;
- tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;
- tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish.
Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020-yil 1-oktabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020-yil 1-noyabr.
Izoh (0)