Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Liverpul” a’zosi Sadio Mane futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Mane noyabr oyida musobaqa doirasida to‘rtta o‘yinda uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirgandi. Sadio faoliyatida uchinchi marta Premyer Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2017-yil avgusti va 2019-yil martida ham u bu nomga loyiq ko‘rilgandi.

Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum Angliya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

2019/20-yilgi mavsum musobaqa doirasida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganlar ro‘yxati:

  • Avgust — Teyemu Pukki (“Norvich”)
  • Sentabr — Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”)
  • Oktabr — Jeymi Vardi (“Lester”)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda