O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 2019-yilning 11-dekabr kuni tasdiqlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Shohnur Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.
Mavzuga doir: Human bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga doir: