O‘zbekiston Prezidentining 9-dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mamlakatga elektr avtobuslar, yuk mashinalari va motosikllar olib kirish uchun nol foizli bojxona boji o‘rnatildi. Bu haqda Norma ma’lum qildi.
Shu paytga qadar mazkur transport vositalariga nisbatan dvigatel hajmiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda murakkab bojxona boji stavkasi qo‘llanilgan.
Mazkur qaror bilan O‘zbekistonga olib kiriladigan elektr avtomobillari ham qaytadan bojxona bojidan ozod qilindi.