Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

5-dekabr kuni Huawei kompaniyasi Federal aloqa komissiyasiga (FAK) qarshi da’vo qo‘zg‘atdi va sud 22-noyabrdagi noqonuniy FAK qarorini bekor qilishni talab qildi.

Ushbu buyruqqa muvofiq Amerikaning qishloq joylaridagi aloqa operatorlariga Huawei uskunalarini sotib olish uchun Universal servis jamg‘armasi (USJ) bilan bog‘lanish taqiqlangan.AQShning beshinchi okrugi bo‘yicha apellyatsiya sudiga berilgan murojaatnomada Huawei kompaniyasi milliy xavfsizlikka tahdid solishi borasida komissiya tomonidan tegishli huquqiy asosnoma yo‘qligi sababli FAK qarorini noqonuniy deb e’lon qilishni suddan so‘raydi. Huawei vakillari fikricha, FAKning asossiz xulosalarini isbotlaydigan dalillar yo‘qligi, AQSh Konstitutsiyasida e’tirof etilgan qarorlarni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi qonunga ham ziddir.“Kelib chiqishi Xitoydan bo‘lgani uchungina Huawei kabi kompaniya faoliyatini veto qo‘yish orqali cheklanishi kiber-xavfsizlik muammosini hal qilmaydi”, — dedi Huawei bosh yuristi Sun Lyupin matbuot anjumanida.

Janob Sunning ta’kidlashicha, 2018-yil mart oyida FAK ilk bor ushbu bayonot bilan chiqish qilganidan keyin FAK raisi Ajit Pay va komissiyaning boshqa mutasaddilari Huawei xavfsizlikka tahdid solishi va Huawei hamda mintaqaviy aloqa operatorlari tomonidan keltirilgan dalil va e’tirozlarini e’tiborsiz qoldirgan va o‘z da’vosini tasdiqlovchi hech qanday dalil taqdim etmagan.

“Huawei, shuningdek, ushbu qaror chekka hududlardagi odamlar va biznesga qanday zarar yetkazishi mumkinligini batafsil tushuntirgan holda 21 nafar qo‘shimcha sharhlarni yo‘lladi. FAK ularning barchasini e’tiborsiz qoldirdi”, — dedi janob Sun.

“Montana, Kentukki va Vayoming shtatlaridagi kichik shaharlardagi aloqa operatorlari Huawei bilan ishlashni afzal ko‘rishadi, chunki kompaniya ishlab chiqarilayotgan uskunalarning sifati va ishonchliligiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi, — deya qo‘shimcha qildi bosh maslahatchi. — FAK AQShning olis qishloq tumanlarini o‘zaro aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlarimizni to‘xtatmasligi lozim”.Sud jarayonida kompaniyani himoya qilishni ta’minlaydigan advokatlar guruhining rahbari Glenn Neygerning so‘zlariga ko‘ra, FAK shunchaki me’yoriy bo‘lmagan nizomni tasdiqlagan va uning vakillari e’tiroflariga ko‘ra faqat Huawei va boshqa Xitoy kompaniyasi uchun ishlab chiqilgandir.

Bundan tashqari Neyger ta’kidlaganidek, FAK tomonidan qabul qilingan qaror tashkilotning “qonuniy vakolati” doirasidan tashqariga chiqadi, chunki FAK milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish yoki bunday qarorlar asosida USJ mablag‘laridan foydalanishga cheklovlar qo‘llash vakolatiga ega emas. Aslida komissiya na professional va na xavfsizlik sohasida vakolatga ega emasdir.

Neyger so‘zlariga ko‘ra, Huawei’ni FAK tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid sifatida tan olishi qonuniy va daliliy asosga ega emas. “Komissiyaning bunday qarori Xitoy qonunlarini tubdan tushunmaslik va dalillarga emas, asossiz, ishonib bo‘lmaydigan va qabul qilib bo‘lmaydigan ayblovlar va hujumlarga asoslangan. Kompaniyani xavfsizlikka tahdid deb tan olinishi, o‘taketgan kamsitish va xurofotdir.Huawei kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Karl Sungning ta’kidlashicha, FAKning tutgan nuqtai nazari Huawei uskunalariga bevosita bog‘liq bo‘lgan Amerikaning chekka qishloqlardagi aloqa sifatiga tahdid qilmoqda, chunki boshqa sotuvchilar aholi juda kichik miqdorda bo‘lgan va borish qiyin bo‘lgan joylarda ishlashga tayyor emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniyaning faoliyatiga veto qo‘yish va “almashtirish” borasidagi taklifi yuzlab million dollar zarar keltiradi va hatto ba’zi kichik aloqa operatorlarining kasodga uchrashiga olib kelishi mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi