Butun dunyo bo‘ylab hech narsadan qo‘rqmay sayohat qilish mumkin degan kishilar qattiq yanglishadi. Yer yuzida pul bilan, tanish-bilishchilik bilan “olti soniya”da kirish mumkin bo‘lmagan joylar ko‘p. Maxfiy harbiy bazalardan tortib diniy maqbaralargacha begonalar kirishi taqiqlangan makonlar mavjud.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

RAF Menvit-Hill, Angliyaning Harrogeyt shahrida joylashgan harbiy baza. Ushbu noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, pufaksimon binolar kompleksi Buyuk Britaniya va AQSh razvedkasini qo‘llab-quvvatlash hamda qurolli kuchlarning o‘zaro aloqa qilishini ta’minlaydi. Baza tufayli butun dunyoda elektron monitoring bo‘yicha eng katta stansiya deb e’tirof qilinadi. Har bir sun’iy yo‘ldosh (ulkan pufak shaklidagi gumbazlar) guruh tizimining bir qismi bo‘lib ular orqali maxfiy tarmoqda xususiy va tijorat kommunikatsiyalari kuzatiladi.

Foto: Big Picture

Bogemiya bog‘i. Triller janridagi filmlar uchun yasalgan dekoratsiyaga o‘xshaydi. Ushbu bog‘ning maydoni 2,7 ming akr maydondagi qishloq hududida, Kaliforniya shtatidagi Monte-Rioda joylashgan. Yerlarga San-Fransiskodagi san’atsevarlar xususiy klubi yoki Bogemiya klubi egalik qiladi. Klub har yili yozda dunyoning eng obro‘li odamlari uchun ikki hafta davom etadigan tadbirlar tashkillashtiradi. Bu juda shubhali tuyuladigan tadbir.

Foto: Big Picture

Vatikanning maxfiy arxivlari. Bu shunchaki qadimiy kutubxona emas, Vatikan arxivi! Sanoqli odamlargina ichkariga kirish huquqiga ega. Garchi kutubxonaga kirib kitobning asl nusxasini o‘qishning imkoni bo‘lmasa ham, so‘rov yuborib uning elektron shakldagi variantini olish mumkin.

Foto: Big Picture

Fransiyadagi Lasko g‘ori. Ushbu g‘or Fransiyaning janubi-g‘arbida joylashgan va ming yil avval, paleolit davrida qoya toshlarga chizilgan qadimiy suratlari bilan butun dunyoga mashhur. Ma’lum vaqt g‘orlar kompleksiga kirishga barcha uchun ruxsat berilgan, ammo endi suratlarni saqlab qolish maqsadida bu borada taqiqlar qo‘yilgan.

Foto: Big Picture

Payn-Gep, Avstraliya. Harbiy baza Amerikadagi 51-hududning Avstraliyadagi analogi hisoblanadi. Qarorgoh Avstraliya markazida joylashgan. U hukumatga va Markaziy razvedka boshqarmasiga bo‘ysunadi. Bu kengurular yurtidagi osmonida aviatsiya parvozlari amalga oshirilishi taqiqlangan yagona baza. Hudud monitoring markazi vazifasini bajaradi. Biroq u yerda nimaning monitoring qilinishi noma’lum, Payn-Gepda dronlarning bir nechta dastur bo‘yicha boshqarilishi haqida taxminlar mavjud.

Foto: Big Picture

Moskva Metrosi-2. Sirli transport tizimi Moskvadagi odatiy metro bilan parallel ravishda ishlaydi. Tizim Stalin Sobiq Ittifoq rahbari bo‘lgan davrda qurilgan va D-6 maxfiy nomini olgan. Ushbu tizimning mavjud ekani Federal xavfsizlik xizmati tomonidan inkor etilmagan yoki tasdiqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra ushbu tizimda jami to‘rtta yo‘nalish mavjud, ular 50 dan 200 metrgacha chuqurlikda joylashgan va Kremlni Lyubyankadagi FXX binosi, hukumat aeroporti va Ramenkadagi yer osti kompleksini o‘zaro bog‘lab turadi.

Foto: Big Picture

39-Xona (39-Byuro), Shimoliy Koreya. Ushbu maxfiy tashkilotning asosiy vazifasi Kim Chen In uchun xorij valyutasini o‘zlashtirishni ta’minlash yo‘lini topishdan iborat. Tashkilotga 1970-yilda asos solingan va u “saroy iqtisodiyoti”ning asosiy agenti hisoblangan. 39-Xona haqida ma’lumotlar juda kam, lekin tashkilotning Shveysariya va Xitoydan 20 dan ortiq hisob raqamlarga ega ekani, ular orqali pul yuvish operatsiyalari hamda boshqa noqonuniy moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi. Shuningdek, tashkilotning giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy qurol-yarog‘ oldi-sotdisiga aloqadorligi haqida mish-mishlar yuradi. Maxfiy tashkilotga Kim Chen Inga tegishli 130 ta savdo kompaniyasi bo‘ysunadi. Shtab-kavrtira Pxenyandagi Ishchilar partiyasi binosida joylashgan.

Foto: Big Picture

Boshqirdistondagi Mejgorye. Bu joy yadro raketalari saqlanadigan maxfiy baza joylashgan. Baza yaqinida doimiy ravishda ikkita batalyon adashib kelib qolgan kutilmagan mehmonlarni haydash bilan shug‘ullanadi. Bazada yadro zarbasi yo‘llangan vaqtda avtomatlashitirilgan ballistik raketalar masofadan turib ishga tushirilishi mumkin. Ular yorug‘lik, bosim va seysmik faollik hisoblagichi vositasida ishga tushadi.

Foto: Big Picture

Disneyland’dagi “Klub 33”, Florida, AQSh. Disney’ning eng katta xiyobonida joylashgan tushunarsiz eshik orqali faqat jamoa a’zolari kira oladigan eksklyuziv klub joylashgan. Ichkariga kirish uchun sirli eshikni topish talab etiladi. Klub Yangi Orlean maydoni hududida joylashgan. Ammo u yerga hamma ham kiritilavermaydi: faqat klub a’zolarigina ichkariga kiradi, ular orasida AQSh prezidentlari, katta kompaniyalar rahbarlari va taniqli aktyorlar bor. Klubga a’zo bo‘lish uchun do‘stlar va yaqinlarni olib kelish mumkin. Demak ushbu klub a’zosi bo‘lish uchun AQSh prezidenti yoki mamlakatning o‘ta boy odamlari bilan do‘st tutinish lozim.

Foto: Big Picture

51-Hudud, AQSh. Eng yomon berkitilgan sir. 51-hudud — Las-Vegasdan 80 milya uzoqlikda shimoli-g‘arbda Nevadada joylashgan harbiy baza. Baza markazida – ulkan harbiy aerodrom mavjud. Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, bazaning vazifasi parvoz qurilmalari va qurollarni sinovdan o‘tkazishdan iborat. G‘alati tomoni AQSh hukumati 51-hududning mavjudligini tan olmaydi, bu odamlar orasida tarqalgan bazada noma’lum uchar jismlar hamda o‘zga sayyoraliklar ustida tajriba o‘tkazilishi haqidagi gaplarning yanada ommalashishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Big Picture

Google data-markazi. “Katta aka” o‘sha yerda o‘tiradi. Maskan juda yaxshi qo‘riqlanadi va 51-hududdan kam emas. Data-markazda trillionlab internet-foydalanuvchilarning ma’lumotlar arxivi saqlanadi.

Foto: Big Picture

Mariya Sionskayaning Aksumadagi cherkovi, Efiopiya. Sayyohlar, turistlar va boshqa begona shaxslarga ushbu cherkovga kirish taqiqlangan. Bu yerda ahd kemasi saqlanadi, afsonalarga ko‘ra Menelik I otasi Sulaymon podshohdan qolgan kemani Efiopiyaga olib kelgan.