AQSh Kongressi vakillar palatasi Rossiya “qo‘shnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguncha” G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Avvalroq tegishli qaror AQSh Kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan edi.

Foto: EPA

“Vakillar palatasi Rossiyani “katta sakkizlik”dan chetlatishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va barcha G7 rahbarlarini Rossiya Ukrainaning butun suveren hududi, shu jumladan, Qrimni egallab olishni va butun dunyodagi demokratiyaga hujumini to‘xtatmaguncha Rossiyaning qaytishiga qarshi turishga chaqirdi”, —  deyiladi qabul qilingan rezolyutsiyada. U tavsiyaviy xarakterga ega.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘sha paytda siyosiy klub raisi bo‘lgan Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan so‘ng 2014-yilning martida G8’dan chiqarib tashlangan. Mamlakat yetakchilarining Sochida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sammiti bekor qilingan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G8’ga qaytishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Biroq Yevropa Ittifoqi klubdan chiqarilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilmaguncha Rossiyaning G8’da ishtirokini tiklashga qarshi chiqqan.