AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yana G8 ga qabul qilinishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda 8-iyun kuni Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi EADaily.

Foto: EADaily

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Rossiyaning G8 tarkibiga kirishi to‘g‘risida G7 sammitida fikr bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 8—9-iyun kunlari Kvebekda G7 ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlar — Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh sammiti ochildi.

Rossiyaning G8 ga a’zoligi 2014-yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan so‘ng to‘xtatilgan edi.

Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey haqida ham sharmandali bayonot berdi. “Xafa bo‘lish yo‘q, biroq u maktab o‘qituvchisiga o‘xshaydi, u bilan biror kishi yaxshi munosabatlarda deb o‘ylamayman”, — dedi u. Trampning so‘zlarini yetkazgan manba Oq uy rahbari Meyning “nasihatomuz” ohangidan charchaganligini ta’kidladi.