Tunisda turistlar avtobusi jarlikka qulashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Tog‘li hududda ketayotgan avtobus Bedja viloyatining Amdun aholi punktida ag‘darilgan va jarlikka qulagan.

Mahalliy xususiy kompaniyaga tegishli avtobusda jami 43 kishi, asosan, talaba va o‘quvchilar bo‘lgan.

Tunis prezidenti Qays Said va bosh vazir Yusuf Shohid halokat joyiga yetib borgani aytilmoqda.