Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Liteyniy xiyobonida 30-noyabr kuni o‘zbekistonlik taksi haydovchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
“Sof.uz”ning xabar berishicha, haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
Haydovchi baxtsiz xodisa natijasida o‘rta darajada tan jarohati olgan. Uning tengquri, hodisa yuz bergan vaqtda mashinada bo‘lgan mijozi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)