• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2020-yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasiga deputatlar tomonidan 20 ga yaqin o‘zgartirish kiritilmoqda

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, ishchi guruhlarida “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan faol muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Parlament quyi palatasi majlisida deputatlar mazkur qonun loyihasini konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma’qullagan edilar. Barcha siyosiy partiyalarning fraksiyalari o‘z pozitsiyasini bildirgandi. Hukumat hamda parlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi oldiga loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash doirasida uni keng muhokamalar qilish va deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi.

    Shuning uchun deyarli har bir norma bahsga sabab bo‘lmoqda. Chunki, parlament tarixida ilk marotaba mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati qonun shaklida qabul qilinmoqda. Bu deputatlar va hukumat oldidagi katta mas’uliyatdir. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fuqarolarning manfaatlari hamda takliflarini hisobga olgan oqilona va maqbul byudjetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Shunday qilib, Vazirlar Mahkamasi vakillari va ekspertlar ishtirokidagi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining yig‘ilishida qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqildi. Loyihani takomillashtirishga yo‘naltirilgan aniq fikrlar bildirildi.

    Qonun loyihasida birinchi o‘qishdan so‘ng “Parlament ajratmalari” tushunchasi matndan chiqarib tashlanishi ko‘zda tutilmoqda. Oliy Majlis qoshidagi Davlat budjeti Boshqarmasi mutaxassislarining qayd etishicha, bu xorijiy mamlakatlar qonunchiligida kam uchraydi. Bundan kelib chiqib, qonun loyihasida ushbu tushuncha “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” bilan almashtirilmoqda.

    Undan tashqari, parlament a’zolari respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibiga aniqlik kiritish zaruriyati yuzasidan bir to‘xtamga kelishdi. Jumladan, hukumatga 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda budjet mablag‘larini vazirliklar va idoralar o‘rtasida taqsimlash huquqi beriladi. 10 foiz va undan ortiq miqdor bo‘lganida esa, Oliy Majlis palatalari ushbu jarayonni amalga oshiradi.

    Shuningdek, deputatlar qonun loyihasining 12-moddasini “parlament respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini tasdiqlaydi” degan norma bilan to‘ldirishni taklif etmoqda.

    Mahalliy budjetlarning shakllanishida va ularning daromadlari taqsimlanishida, qo‘shimcha mablag‘larning sarflanishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakolatlariga taalluqli normalarga aniqliklar kiritilmoqda. Deputatlarning taklif etishicha, mahalliy hokimliklarning takliflari yuzasidan mahalliy budjetning 10 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shimcha daromadlarini ijtimoiy soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Bunda jamoatchilik fikriga muhim ahamiyat qaratish zarur.

    Bundan tashqari, joriy yil 14-noyabrda o‘tkazilgan palata majlisida deputatlar tomonidan bir qator aniq takliflar bildirilgan edi. E’tiborlisi, qo‘mitalar, ishchi guruhlarida kechayotgan qizg‘in muhokamalarda ana shu taklif va fikr-mulohazalar har tomonlama o‘rganilib, ularning aksariyati inobatga olinmoqda.

    Jumladan, deputat Feruza Eshmatova tomonidan qonun loyihasida 2020-yildan boshlab, mahalliy Kengashlarga budjetlarni shakllantirish va qabul qilishda to‘liq mustaqillik berilishini qo‘llab-quvvatlagan holda, o‘z navbatida, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun qonun hujjatlarida belgilangan tadbirlar, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan tayinlanayotgan nafaqalar, bemorlarga beriladigan orderlarning real talabga mutanosib bo‘lishi uchun zarur mablag‘larni o‘z vaqtida, to‘liq moliyalashtirilishini kim kafolatlab berishiga oydinlik kiritish lozimligi qayd etilgan edi.

    Shundan kelib chiqib, qonun loyihasining 21-moddasiga qo‘shimcha ravishda mahalliy budjetlar daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy hokimliklarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa, xarajatlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasiga budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qilishi, shuningdek, ushbu tartibda tuman va shahar hokimliklari viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat etishlari belgilab qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi alohida band kiritildi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov yangi joriy etilgan Soliq konsepsiyasida budjet tashkilotlariga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz, xususiy sektor uchun 12 foiz etib belgilangani ta’kidlar ekan, oliy ta’lim muassasalari ham soliq to‘lovchi sifatida yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 25 foizida to‘lab kelayotganini aytgan edi. Lekin, deputatning fikricha, oliy ta’lim muassasalarining qariyb 70 foiz, ba’zilarining esa, 95 foiz xarajatlari kontrakt to‘lovlari mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Shu sababli, mazkur mablag‘lar xalq to‘lagan puldan ushlanishini e’tiborga olsak, oliy ta’lim muassasalarining yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 12 foizga tushirilishi lozim.

    Mazkur masala Qonunchilik palatasida Moliya, Oliy ta’lim va o‘rta-maxsus ta’limi vazirliklari va boshqa mutasaddi vazirlik xodimlari ishtirokida “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputat tomonidan ko‘tarilgan ana shu dolzarb masala atroflicha o‘rganib chiqilmoqda. Bu masalani ishlab chiqilayotgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritish taklifi ilgari surildi.

    Deputatlar ilgari surgan taklifga ko‘ra, qonun loyihasining 11-moddasiga qo‘shimcha ravishda Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshgan qismini ishlatishga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ruxsat berish normasi kiritilmoqda.

    Alohida ta’kidlash lozimki, deputatlar tomonidan har tomonlama chuqur o‘rganishlar asosida muhokama qilinayotgan mazkur qonun loyihasiga shu kabi 20 ga yaqin o‘zgarish kiritilmoqda. “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi davom etmoqda.

    20.11.2019, 13:56   Izoh (0)   9509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga bir necha o‘zgarishlar kiritildi (video) 

    20.11.2019, 13:26

    Deputatlikka nomzodlar ichida marhumlar ham borligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Markaziy saylov komissiyasi holat yuzasidan tekshiruv boshladi

    20.11.2019, 13:08

    Uchta vazirlikda mehnatga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

    20.11.2019, 12:56

    Video: Yuk mashinasi YPX xodimlarining avtomobillarini urib ketdi. Aslida nima bo‘lganiga oydinlik kiritildi

    20.11.2019, 12:40

    Termizda 10 oy ichida 672 ta daydi hayvon yo‘q qilindi

    20.11.2019, 12:19

    Chiroqchida konservadan zaharlangan oilaning to‘ng‘ich farzandi ham vafot etdi

    20.11.2019, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.