Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov noyabr oxirida ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda “Regnum”.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston hukumatida, shuningdek, bir qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ikki respublika ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Tatariston hamkorligini asoslovchi bir necha hujjatlar bor. Toshkentda 1992-yildan buyon Tatariston vakolatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘tgan yil davomida Tatariston va O‘zbekiston orasida tovar ayirboshlash 57 foizga oshib 146 million dollarini tashkil qildi. Tataristonning yetakchi korxonalari KamAZ, TAIF, KMPO, Pozis, shuningdek, PAO Tatneft korxonali bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Qozondagi O‘zbekiston bosh konsuli Fariddin Nasriyev O‘zbekiston Tatariston bilan savdo hajmini oshirish va yangi loyihalarni ishlab chiqish niyatida ekanini bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi