Xabarovsk o‘lkasida migrantlarning jamoat transportini haydashiga taqiq qo‘yildi. Bu boradagi tegishli farmoyishni Xabarovsk gubernatori Sergey Furgal imzolagan, deb xabar beradi Sputnik.
Hujjatga ko‘ra, 2020-yil yanvardan boshlab Xabarovsk o‘lkasida patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilar transport sohasida faoliyat yurita olmaydi.
“Xabarovsk hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan xorijiy fuqarolarni jalb qilish uchun 2020 yilda taqiqni belgilangan”, — deyiladi farmoyishda.
Ta’kidlanishicha, mehnat muhojirlari shahar, viloyat va xalqaro transport vositalarini boshqarishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Furgal ish beruvchilarga o‘z kompaniyalaridagi xorijlik ishchilar sonini tenglashtirishni buyurdi.
Mavzuga doir: Sankt-Peterburgda ishlash uchun beriladigan patentlarning 70 foizi o‘zbekistonlik migrantlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda
Izoh (0)