Ispaniya chempionatida 10-noyabr, yakshanba kuni 13-turning bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Diyego Simeone boshchiligidagi “Atletiko” o‘z mayddonida “Espanyol”ni qabul qildi. Dastlab kataloniyaliklar 38-daqiqada Serxi Darderning aniq zarbasidan keyin oldinga o‘tib oldi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Anxel Korrea hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 58-daqiqada Alvaro Morata maydon egalarining ikkichi golini urgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Koke hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa “matraschilar” ochkolarini 24 taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Espanyol” esa (8 ochko) 19-pog‘onada qoldi.
La Liga
13-tur bahslari
10-noyabr, yakshanba
“Malorka” — “Vilyarreal” 3:1
Gollar: 1:0 – 13, penalti Lago Junior, 2:0 – 23, penalti Dani Rodriges, 2:1 – 49, penalti Kasorla, 3:1 – 53 Kubo.“Atletik” — “Levante” 2:1
Gollar: 0:1 — 45 Postigo, 1:1 — 57 Muniain, 2:1 — 88 Kapa.“Atletiko” — “Espanyol” 3:1
Gollar: 0:1 — 38 Darder, 1:1 — 45 Korrea, 2:1 — 58 Morata, 3:1 — 90 Koke.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)