Boliviya prezidenti Evo Morales mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish haqida ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Moralesga ko‘ra, davlat to‘ntarishini konstitutsion tartibga qarshi faoliyat olib borayotgan guruhlar uyushtirgan.
Boliviyada 20-oktabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng boshlangan norozilik aksiyalari uch haftadan beri davom etmoqda. Unda amaldagi davlat rahbari Evo Morales g‘alaba qozongandi.
Uning saylovlardagi asosiy raqibi Karlos Mesa ovoz berish yakunlarini tan olmadi. Noroziliklarga politsiyachilar ham qo‘shilgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Evo Morales Boliviyani 2006-yildan beri boshqarib kelmoqda.
Mavzuga doir: Evo Morales Boliviya prezidenti saylovida g‘olib chiqdi
Izoh (0)