Germaniya 9-noyabr kuni muhim sana — o‘n yillar davomida mamlakatni ikkiga bo‘lib kelgan Berlin devori qulashining 30 yilligini nishonlamoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Poytaxtda qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ulardan biri devor bo‘laklari saqlanib qolgan Bernauyer shtrasse ko‘chasidagi memorialda o‘tkaziladi.
Ularda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Angela Merkel, shuningdek, Polsha, Vengriya, Slovakiya, va Chexiya davlatlari yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirlar davomida tarixiy joylarga gulchambarlar qo‘yilishi, Germaniya demokratik respublikasidan qochishga urinish chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasi yodga olinishi ko‘zda tutilgan.
9-noyabr kechki payt Bradenburg darvozalari oldida o‘tkaziladigan konsert esa Berlin devori qulashining 30 yilligi tantanasining avj nuqtasi bo‘ladi.
Izoh (0)