Rossiyaning Xakasiya respublikasida politsiyachilar Askiz tumanidagi 45-o‘t o‘chirish qismi boshlig‘ini turkum o‘t qo‘yishlarda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Qo‘lga olingan shaxs 26 yoshda. Tergov taxminiga ko‘ra, joriy yil 30-avgustidan 28-oktabrga qadar u uy, hammom va garajlarga 5 marotaba o‘t qo‘ygan.

Gumonlanuvchi o‘zgalarning mulkini o‘t qo‘yish yo‘li bilan qasddan yo‘q qilishda ayblanib, hibsga olindi.