Toshkent shahrining Bektemir tumanida fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish evaziga ularning pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fuqaro M.M. 5 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborish evaziga ularning jami 25 550 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)