Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tog‘lariga birinchi qor yog‘di. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Xabar berilishicha, qor Hisor tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida joylashgan Matmon qishlog‘ida yog‘gan. Nashr taqdim etgan suratda mazkur qishloqning qor bosgan qirlari aks etgan.
Avvalroq “O‘zgidromet” tomonidan noyabr oyi sovuq va nam harorat bilan boshlanishi va mazkur hafta davomida ilk kuzgi ayoz kuzatilishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)