Kalifoniyadagi o‘rmon yong‘inlari Ronald Reygan prezident kutubxonasiga yaqinlashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
O‘t o‘chiruvchilar binodan atigi 30 metr narida alanga tarqalishini bartaraf etishga urinmoqda.
Kutubxona vakili hozirda binoga ziyon yetmaganligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Ronald Reygan prezident kutubxonasi AQShdagi shunga o‘xshash 13 kutubxona ichida eng kattasi bo‘lib, unda 60 million sahifa hujjat, 1,6 million foto, 150 kilometr kinoplyonka, o‘n minglab audio va videokassetalar saqlanadi. Uning hududida Reyganning qabri ham mavjud.
Izoh (0)