Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Leganes”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Qirollik klubi” a’zolari Rodrigo Goes (7), Toni Kroos (8), Serxio Ramos (24, penalti), Karim Benzema (69, penalti) hamda Luka Yovich (90) o‘z hisobiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa madridliklar o‘z maydonida kechgan bahsda “Leganes” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (5:0).
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. Oxirgi o‘rinda borayotgan “Leganes” hisobida esa 5 ochko mavjud.
La Liga
11-tur bahslari
30-oktabr, chorshanba
“Real Sosyedad”—“Levante” 1:2
Gollar: 0:1 — 24 Bardi, 0:2 — 40 Mayoral, 1:2 — 47 Villian Joze“Valensiya”—“Sevilya” 1:1
Gollar: 0:1 — 45 Okampos, 1:1 — 81 Sobrino“Atletik”—“Espanyol” 3:0
Gollar: 1:0 — 4 Muniain, 2:0 — 17 Muniain, 3:0 — 79, avtogol Viktor Gomes“Betis”—“Selta” 2:1
Gollar: 1:0 — 8 Emerson, 1:1 — 70, penalti Aspas, 2:1 — 90 Fekir“Real”—“Leganes” 5:0
Gollar: 1:0 — 7 Rodrigo, 2:0 — 8 Kroos, 3:0 — 24, penalti Ramos, 4:0 — 69, penalti Benzema, 5:0 — 90 YovichYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)