AQSh prezidenti Donald Tramp 2-noyabr, shanba kuni Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan UFC 244 kechasiga tashrif buyurishi mumkin.
Bu haqida New York Times nashrining Oq uydagi muxbiri Enni Karni Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida kechadigan musobaqaning asosiy jangi Xorxe Masvidal va Neyt Dias o‘rtasida kechadi. Jang BMF sovrini uchun kechadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)