Sochi shahrida o‘tkazilgan Rossiya prezidenti Valdimir Putin hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar o‘z poyoniga yetdi. Ikki davlat o‘rtasida olti yarim soat davom etgan muhokamalardan so‘ng Rossiya va Turkiya o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Aydinlik

Unga ko‘ra, Moskva va Anqara qo‘shinlari Suriya hududidagi “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasining 23-oktabrdan Rossiya harbiy politsiyasi va Suriya chegara xizmati harbiylari “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi o‘tayotgan hududga kiritiladi. Navbatdagi 150 soatlik o‘t ochmaslik sharti yakuniga yetgach kurd jangarilarining belgilangan hududdan chiqib ketishini nazorat qilish bo‘yicha birgalikda patrul-nazorat tadbirlarini amalga oshiriladi. Qo‘shma patrul tadbirlari Kamishli aholi yashash hududidan tashqari “Tinchlik bulog‘i” harbiy harakatlari amalga oshirilayotgan barcha yerlar jumladan, Tel-Obod va Ras-al-Ayn viloyatlarida o‘tkaziladi.

Qo‘shma tadbirlarda Kurd ozodlik kuchlari vakillarining Suriya—Turkiya chegarasidan 30 kilometr uzoqlikka ko‘chishi nazorat qilinadi. Memorandum bo‘yicha Kurd ozodlik kuchlari guruhlari va boshqa jangarilari Manbij hamda Tall-Rifatadan ham siqib chiqariladi.

Hujjatga ko‘ra, ikki tomon Suriyaning hududiy yaxlitligiga va suverenitetiga daxl qilmaslik, Turkiyaning milliy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida Adana kelishuvi doirasida faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Putin va Erdo‘g‘on “Suriya hududida terrorizm va uning har qanday shakli bilan kurashish va hududdagi separtistik intilishlarga qarshi turishda” o‘z maqsadidan aslo og‘ishmasligini bildirgan.

Shuningdek, memorandumda Rossiya va Turkiya hududning terrorchilardan tozalanishi, kiritilmasligi va qochoqlar uchun xavfsiz, tinch-osoyishta joy hozirlanishini kelishib olgan.

Tomonlar “Ostona formati”dagi Suriya muammoasini siyosiy yo‘l bilan hal etish konstitutsion qo‘mitasidagi ishning davom ettirilishini ham kelishdi.

Foto: Twitter/@dimsmirnov175

Imzolangan memorandum ijrosini tekshirish va monitoring qilish mexanizmini joriy etish borasida ham ishlar tashkil qilinadi.